Sergey Lushchan "Bunyodkor"ning ojiz nuqtasi haqida gapirdi
G‘alaba qozondik, demak hammasi to‘g‘ri bajarilgan. «Bunyodkor»ni yaxshi bilardik. Raqib safidagi aksar futbolchilar meni shogirdlarim hisoblanadi.
«Bunyodkor» safida To‘raev va G‘ofurov o‘ynamasligidan xabarimiz bor edi. Himoya nozik nuqtasi bo‘lishini e’tiborga olib, uzoq masofalarga to‘p uzatish taktikasidan foydalandik. Bizda tezkor hujumchilar bor edi, yakunda bu o‘z samarasini berdi. Himoyachi xato qildi, biz foydalandik. Raqib ham bizning birgina xatomizni gol bilan jazoladi.
Natijadan ham o‘yindan ham qoniqdim. Maqsad g‘alaba qozonish edi, vazifa uddalandi. Endi shu tempda o‘sishda davom etsak bo‘ldi", - deb Lushchanning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Bunyodkor" matbuot xizmati.



Fikrlar