MYuning yana bir transferi so‘roq ostida qoldi

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasi vaqtida "Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning transferini amalga oshira olmasligi mumkin.

Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, rimliklar 25 yoshli serbiyalik futbolchini yozda qo‘yib yuborishni rejalashtirishmayapti. A Seriya klubi rahbariyati 120 million evroga baholanayotgan xavbekni inqiroz vaqtida jamoaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi.

Joriy mavsumda Savich "Latsio" safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va beshta asistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!