Sermahsul vodiy klublari, "mehmondo‘st" poytaxt klubi - Superligaga oid qiziqarli statistik ma’lumotlar

 O‘zbekiston Superliga 6-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘ldi. O‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qilgan OKMK raqibga 4:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Shuningdek, "Paxtakor" bu turda "Metallurg"ni 4:3 hisobida taslim etdi.

Bu turda bo‘lib o‘tgan boshqa uchrashuvlar: 

"Andijon" - "So‘g‘diyona" 0:1
 

"Navbahor" - "Lokomotiv" 4:0
 

"Bunyodkor" - "Surxon" 0:2 

"Qizilqum" - "Neftchi" 1:1 

Qayd etish lozim, mazkur turda darvozalar jami 23 bor ishg‘ol etildi. Bu bo‘yicha mavsum avvalidan beri qayd etilgan statistika bunday: 

1-turda: 21 ta 
2-turda: 13 ta 
3-turda: 24 ta 
4-turda: 16 ta 
5-turda 6 ta ( 3 ta uchrashuv qoldirilgan) 
6-turda: 23 ta ( 1 ta uchrashuv qoldirilgan) 

Qayd etish lozim, qoldirilgan "Dinamo" - "Olimpik" bahsida 2 ta gol kiritilgan taqdirda, 6-tur hozircha mavsumning eng sermahsuliga aylanadi. 

Joriy mavsumda eng ko‘p gol urgan jamoa "Navbahor" bo‘lib turibdi (12 ta gol). Keyingi o‘rinni esa 11 ta gol bilan "Andijon" band etgan. Eng ko‘p gol o‘tkazgan klub esa turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda turgan "Bunyodkor" - 13 ta. 

Turnir to‘purarlari

Toma Tabatadze - 6 ta 
Shohruh Abdurahmonov - 4 ta 
Zoran Marushich - 4 ta 




                                                                                                                                                                                                                                                     K.X 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!