
Server Jeparov "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradimi?
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, seshanba kunidan e’tiboran bekobodliklar Qibray o‘quv-mashg‘ulot maskanida to‘planishdi va 4-tur bahsiga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.
Ayni paytda “Metallurg” futbolchilarining kayfiyati yomon emas. Bugun Qibrayda yoshlar birinchiligining “Paxtakor” – “Dinamo” jamoalari o‘yini o‘tkazilishi bois bekobodliklar bir mahallik mashg‘ulotlar bilan cheklanishdi.
Tarkibda faqatgina Server Jeparov yo‘q. U Samarqandda olingan jarohat sabab shifokorlar yordamida jismoniy mashg‘ulotlar o‘tash bilan kifoyalandi. Qolgan barcha futbolchilar murabbiylar shtabining ko‘rsatmasi asosida intensiv mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi uchrashuvni “Metallurg” 21 aprel sanasida Jizzaxda mahalliy “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar