Serxio Ramos qaysi jamoa taklifini qabul qildi?

  • 27 fevral, 2021, 08:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” sardori Serxio Ramosning faoliyatida hal qiluvchi palla boshlandi. Yozda shartnomasi yakunlanadigan futbolchi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Ramos Madriddan ketishga qaror qilsa, uni “Manchester Yunayted” va PSJ o‘z safiga qo‘shib olishini ma’lum qilgandi. Futbolchining agenti bu klublar bilan muzokara olib borgani haqida ham ma’lumotlar bor.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, “Qirollik klubi”  Ramosni Madridda qolishga ko‘ndirgan. Unga ko‘ra, ispaniyalik himoyachi bilan ikki yillik shartnoma imzolanadi va uning 12 million evro miqdoridagi yillik maoshi saqlab qolinadi. Shunga qaramay, pandemiya sharoitidagi inqiroz tufayli klub futbolchining maoshidan 10 foiz ushlab qoladi.

Avvaliga, bu shartnomani qabul qilmagan Serxio Ramos endi klub talablariga ko‘ngan ko‘rinadi. Chunki, madridliklar tez orada futbolchi bilan shartnomani rasmiylashtirib qo‘yishga tayyorgarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!