Serxio Ramosga yangi jamoa topildi

  • 8 noyabr, 2020, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ayni paytda “Real” rahbariyati amaldagi shartnomasi yakunlanayotgan Serxio Ramos bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Tomonlar hali bir qarorga kelgani yo‘q. Vaziyatni kuzatib turgan qator grandlar Ramosdek kuchli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor turibdi.

Serxioni Devid Bekxem AQShga olib ketmoqchi bo‘lmoqda. Angliyalik yulduz 34 yoshli himoyachiga o‘ziga tegishli bo‘lgan “Inter Mayami”dan joy bermoqchi. Bekxem bu transferni Ramos madridliklar bila keliga olmagan taqdirdagina amalga oshiradi. U futbolchi va “Qirollik klubi”  o‘rtasidagi muzokaralarga xalaqit bermoqchi emas.

Ko‘pchilik tomonlar o‘zaro kelishib olishiga ishonmoqda. “Real”da 2005 yildan buyon o‘ynayotgan Ramos 22 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Bugungi kunda ham Serxio jamoaning katta ta’sir kuchiga ega eng asosiy futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!