Setantasports.com O‘zbekistonda 18 yanvardan qisman pullik bo‘ladi

  • 18 yanvar, 2024, 12:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18 yanvar kunidan setantasports.com platformasi o‘zining O‘zbekistondagi sport kontentining ma’lum qismiga pullik obuna joriy qildi.

Tecno

«Setanta Sports” o‘zbek bozorida quyidagi uchta turnir obunasi uchun ma’qul narx belgilash maqsadida tadqiqot ishlarini o‘tkazdi:

Angliya premer-ligasi, Formula-1 va UFC.

Qolgan musobaqalar (ro‘yxati pastda keltirilgan), shu qatorda UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekistonda setantasports.com obunachilari tekinga tomosha qilishda davom etishadi.

O‘zbekistonda setantasports.com obunasini qanday sotib olish mumkin?

Setantasports.com da o‘zingizga kerakli obuna turini tanlab, ushbu havola orqali sotib olishingiz mumkin: setantasports.com.

O‘zbekistonda foydalanuvchilar uch obuna turining biridan foydalanishlari mumkin:

1 oylik — 35 999 so‘m

3 oylik — 71 999 so‘m

12 oylik — 359 999 so‘m

O‘zbekistonda setantasports.com nimalarni namoyish etadi?

“Setanta Sports” — hududdagi katta mediakompaniya bo‘lib, Evropa va Osiyoning 14 davlatida muxlislarga sport musobaqalarining yangi, o‘ziga xos tomosha tajribasini taklif etmoqda.

«Setanta Sports O‘zbekistonda namoyish etayotgan musobaqalar:

- Chempionlar Ligasi

- APL

- Formula 1

- UFC

- La Liga

- «A» seriya

- Bundesliga

- Liga 1

- Eredivizi

- Shotlandiya Premer-ligasi

- Angliya chempionshipi

- Angliya Liga Kubogi

- NBA

- Evroliga

- NHL

- ATP va WTA turnirlari

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!