
Seten "Barsa"dan quruq ketmadi...
“Barselona” bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan Kike Seten bu lavozimga 2020 yilning yanvarida Ernesto Valkerde o‘rniga tayinlangan edi.
Seten jamoani kutilgan muvaffaqiyatlarga etaklay olmadi. Garchi jamoa La Ligada uzoq muddat peshqadamlik qilgan bo‘lsa-da, oxir-oqibat chempionlikni azaliy raqib – “Real”ga topshirib qo‘ydi. “Barselona”ning Chempionlar ligasida “Bavariya”dan 2:8 hisobida sharmandali mag‘lubiyatga uchragani ham tarixda qora kun sifatida qoladi.
Umuman olganda, Messi boshchiligidagi jamoa Seten qo‘l ostida 25 ta uchrashuvdan 16 tasida zafar quchdi, 4 marta durang o‘ynab, besh bor mag‘lub bo‘ldi.
Shunday qilib, Kike Seten jamoani atigi 218 kun boshqardi xolos. Bu so‘nggi 17 yildagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi. U jamoadan quruq ketmadi, balki klubni takrorlanishi qiyin bo‘lgan antirekord bilan tark etdi.
Fikrlar