
Seten "Barselona"dagi 23 yillik antirekordni qayd etdi
Evropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida "Barselona" safarda "Napoli" (1:1) bilan durang o‘ynadi.
Shu tariqa, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Kike Seten so‘nggi 23 yil ichida jamoaning bosh murabbiyi sifatida ChLdagi debyut o‘yinida g‘alaba qozonolmagan ilk murabbiy bo‘ldi.
Oxirgi marta 1997 yili Lui van Gaal "ko‘k-anorranglilar" ustozi sifatida musobaqadagi debyut uchrashuvini "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, "Barselona" va "Napoli" qarama-qarshiligining javob uchrashuvi 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar