
Seten "Barselona"dan tovon puli talab qilmoqda
“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Kike Seten klub bilan aloqalarini butkul uzmoqchi.
El Espanol nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Seten va uning yordamchilari klubga byurolar orqali o‘zlarining ishdan bo‘shatishlarini rasmiylashtirish talabi bilan xabar yuborgan. Mutaxassislar boshqa klub bilan ishlashni boshlash uchun mehnat daftarchalarini, shuningdek muddatidan oldin bekor qilingan shartnoma uchun tovon puli olishni xohlamoqda.
Mavsum o‘rtasida “Barselona”ga kelgan Seten EChL chorak finalida “Bavariya”dan (2:8) uchralgan sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng, iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar