
Seten Gvardiola va Kumandan kuchlimi?
“Barselona” yarim himoyachisi Riki Puch "Xosep Gvardiola, Ronald Kuman va Kike Seten orasida qaysi biri eng kuchli?" degan savolga javob berdi.
“Men Kike Setenni tanlayman. Bunga uning futbolni qanday tushunishi va menga nisbatan munosabati sabab bo‘lgan. Seten menga juda yaqin edi. U menga juda ko‘p yordam berdi, buning natijasida men juda ko‘p narsalarni o‘rgandim”, - dedi Puch.
Riki Puch Kike Seten qo‘l ostida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.
“Barselona”ni 2020 yilning 13 yanvar kuni qabul qilib olgan Seten EChL chorak finalida “Bavariya”dan (2:8) uchralgan sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng, iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar