
Seten Messining jarohati haqida gapirdi
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Kike Seten kecha “Napoli”ga (3:1) qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat olgan Lionel Messining ahvoli haqida gapirib o‘tdi.
“O‘yin oson bo‘lmadi. Messining jarohati? Men o‘sha vaziyatni kuzatib turgandim, Leo oyog‘iga juda kuchli zarba qabul qilib oldi, lekin hozir unda hammasi joyida deb o‘ylayman”, - deydi kataloniyaliklar ustozi.
Endi “Barselona” 14 avgust kuni EChL chorak finalida “Bavariya”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar