Sevgilisimi yoki “Real”ning EChLdagi 15-chempionligi? Kurtua javob berdi

  • 7 iyun, 2022, 17:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua “Twitter”da savol-javob o‘tkazdi. Muxlislar unga sevgilisimi yoki "Real Madrid"ning Chempionlar ligasidagi 15-g‘alabasimi ko‘rinishida savol berdi. Tiboning javobi: "Albatta, 15-g‘alaba".

Tecno

Qiziqarli tomoni shundaki, kecha madridliklar posboni uchrashib yurgan qiziga turmush qurishni taklif qildi. Tabiiyki, u bunga rozi bo‘ldi.

Kurtuaning sevgilisi isroillik model Mishel Gertsig bo‘lib, ular 2021 yilning boshidan beri uchrashib keladi. Avvalroq belgiyalik posbon Marta Dominges bilan ajrashganini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!