"Sevilya" ham "Barselona" va "Atletiko" qilgan ishni qildi
“Sevilya” klubi ham Ispaniyaning boshqa grand klublari qatori koronavirus pandemiyasi davrida maoshlarni qisqartirishga qaror qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchilar va murabbiylar shtabining maoshlari 70% ga qisqaradi. Shuningdek, klub direktorlar kengashi a’zolarining ham maoshlari qisqaradi. Ishchilarning bir qismi ta’tilga chiqarilsa, yana bir qismining ish soatlari qisqaradi. Aytish kerakki, “Sevilya”da jami 300 ta inson mehnat qiladi.
Bundan avvalroq, “Barselona” va “Atletiko” klublari ham maoshlarni 70% ga qisqartirishgan edi.

Fikrlar