"Sevilya"ga "Chelsi"ning taklifi ma’qul kelmadi

  • 20 iyul, 2022, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" jamoasi "Chelsi"ning himoyachi Jyul Kunde borasidagi taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Jerar Romero xabar berdi.  

Tecno

Manbaga ko‘ra, londonliklar futbolchi uchun 55 million evro to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan. Ammo andalusiyaliklar 60-65 million evro olishni rejalashtirmoqda. 

Kyundega "aristokratlar"dan tashqari "Barselona" klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ammo kataloniyaliklarning moliyaviy muammolari sabab frantsuzning bu jamoaga o‘tishi ehtimoli past, deb qaralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, himoyachining "Transfermarkt" portalidagi bahosi 60 million evro etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!