"Sevilya"ning afsonaviy darvozaboni koronavirusdan butkul sog‘aydi

  • 15.04.2020 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Sevilya" klubi sobiq darvozaboni Andres Palop koronavirusdan butkul sog‘aydi.

“Bu juda og‘ir kunlar bo‘ldi. Lekin hozir aytishim mumkinki, mening koronavirusga qarshi topshirgan oxirgi testim manfiy natija berdi. Shu sabab men hozir uydaman. Men shifokorlardan, hamshiralardan va oshpazlardan minnatdorman”, - deydi Palol instagramdagi sahifasida.

Palol 2005-2013 yillarda “Sevilya” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!