Shahnoza Mirzaeva finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

  • 4 sentabr, 2021, 06:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Bundan biroz avval para kanoe bo‘yicha KL-3 klassida ayollar o‘rtasida 200 metrga yarim final sprint poygalari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Shahnoza Mirzaeva 51.466 soniya vaqt bilan marraga 5-o‘rinda etib keldi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shahnoza Mirzaeva ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 07:30 da boshlanadi. Hamyurtimizga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!