
Shahram G‘iyosov amerikalik bokschini mag‘lub etdi
Shahram G‘iyosov WBA Eliminator jangida g‘alaba qozondi
Mahoratli bokschimiz AQShning Nyu-Orlean shahrida mezbonlar vakili Harold Kalderonga qarshi ringga ko‘tarildi. Shahramning ustunligi ostida kechgan bahs yakunida hakamlar bir ovozdan uning g‘alabasini e’lon qildi. Hisob - 120:108, 118:110, 116:112.
Shu tariqa, G‘iyosov professional boksdagi 14-g‘alabasini tantana qildi.
Fikrlar