Shahzod Nurmatov sobiq klubiga qaytdi

  • 19 yanvar, 2021, 23:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikki yil davomida AGMK tarkibida to‘p surgan hujumchi Shahzod Nurmatov klubini o‘zgartirdi.

Tecno

Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, Nurmatov “Metallurg” jamoasiga qaytdi. O‘z vaqtida u besh yil davomida bekobodliklar sharafini himoya qilgan. So‘ng, “Bunyodkor”da uch mavsumni o‘tkazgach, AGMKga ko‘chib o‘tgandi.

Lekin uning Olmaliqdagi gol urish borasida ko‘rsatgan samaradorligi baland emas. 2019 yilda chempionat bahslarida ikkita gol urgan hujumchi o‘tgan yili ham yana ikkita gol muallifi bo‘ldi.

“Metallurg” ustozi Andrey Shipilov unga ishonch bildirmoqda. Balki Nurmatov sobiq jamoasida o‘zining samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lar, buni albatta vaqt ko‘rsatadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!