"Shahzoda" katta ehtimol bilan chempionlik kamari uchun jang qiladi
Rossiyalik jurnalistlar ta’biri bilan aytganda “Mister pechen”, "Prints" deb nom olgan bokschimiz Ravshanbek Umurzaqov navbatdagi jangini fevral oyida o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Hozircha raqib va aniq sanasi ma’lum emas. Mazkur jang katta ehtimol bilan IBF yo‘nalishining qit’alararo jahon chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi. Xabaringiz bor, ushbu yurtdoshimiz engil vazn toifasida (61.23) o‘z janglarini o‘tkazib keladi.
Malumot uchun, Ravshanbek Umurzaqov professional ringda 10 marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alabani qo‘lga kiritgan. 7 bora raqiblarini nokautga uchratgan.

Fikrlar