
"Shalke" noxush seriya qayd etmoqda
"Shalke" Germaniya chempionatining 8-turida "Volfsburg" (0:2) jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ushbu bahsda Gelzenkirxen klubi Bundesliganing o‘tgan mavsumida boshlagan seriyasini davom ettirdi, ya’ni jamoaning g‘alabasiz o‘yinlari soni 24 taga etdi.
So‘nggi bor, nemis klubi 17 yanvar kuni Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi ustidan zafar quchgandi va shundan keyin, 15 ta mag‘lubiyat hamda 9 ta durang qayd etdi.
Jamoa turnir jadvalining 17-o‘rnida bormoqda. Agar, ertangi bellashuvda "Maynts" "Frayburg"ni mag‘lub eta olsa, "Shalke" oxirgi pog‘onadan joy oladi. Gelzenkirxenliklar hisobida 3 ochko bor va to‘plar nisbati 5:24.
Fikrlar