
"Shalke" o‘z afsonasini yana ortga qaytarmoqchi
"Shalke" "Ayaks" hujumchisi Klaas-Yan Xuntelaarning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, gelzenkirxenliklar rahbariyati 2010-2017 yillarda jamoa sharafini himoya qilgan Xuntelarni yana ortga qaytarmoqchi.
37 yoshli Xuntelarning “Ayaks” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. U “shalke” safida 175 ta o‘yinda maydonga tushgan va raqib darvozasiga 82 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar