
"Shalke" qishda "Bavariya" hujumchisini sotib olmoqchi
Gelzenkirxenning "Shalke" klubi "Bavariya" hujumchisi Sandro Vagnerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “Shalke” rahbariyati 31 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda. Ammo, Vagner “Bavariya” safida unga imkon berilishi mumkinligiga hali ham ishonmoqda va hozircha gelzenkirxenliklarning taklifini qabul qilishga shoshilmayapti.
Ma’lumot uchun, Vagner joriy mavsum myunxenliklar safida bor yo‘g‘i 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Taxminiy transfer bahosi esa 12 mln evro.
Fikrlar