
Shamsiev: "Amaldagi chempion ustidan g‘alaba qozonish hammaga ham yoqadi"
O‘zbekiston Superligasi 2023 yilgi mavsum 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida kuchli raqibdan ustun keldi.
"Olimpiyachilar" safida Jiyanov, Odilov hamda Abdumajidov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ushbu gollarga "sherlar" safida Sayfiev hamda Tursunov javob bera oldi. Mazkur bahs yakunida "Olimpik" a’zosi Bekzod Shamsiev jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Mavsumning boshlanishi, qiyin bo‘lishini bilardik! Raqibimiz "Paxtakor" amaldagi chempion hisoblanadi. Asosiysi, xarakter ko‘rsata oldik va o‘zimiz uchun muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Bugun barcha yigitlar jon-jahdi bilan, bor kuchi bilan harakat qildi. Hammasiga rahmat.
Mavsumoldi mashg‘ulotlarda Timur aka meni faqat chap qanot himoyasida o‘ynatgan edi. Ammo hozir murabbiyim mana shu pozitsiyada ko‘ryapti. Men universal futbolchiman. Har qanday chiziqda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman.
Sobiq klubingizga qarshi g‘alaba yoqimlimi?
Albatta, juda yoqimli. Gap sobiq jamoamas, 15 karra chempion, amaldagi g‘olib ustidan g‘alaba qozonish hammaga yoqadi. Asosiysi, 3 ochko. Barcha yigitlar, murabbiylarni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman va "Olimpik" tarixda birinchi marotaba "Paxtakor"ni yutganini eslatib o‘tmoqchiman.
Hali chempion bo‘lishga erta. Lekin har bitta bahsni yutishni maqsad qilganmiz. Har bir o‘yindan 3 ochko olishga harakat qilamiz.
Fikrlar