“Shapekoense”ning tirik qolgan himoyachisi Rushel kasalxonadan chiqdi (video)
Kolumbiya osmonida aviaxalokatga uchragan Braziliyaning “Shapekoense” klubining oltita tirik qolgan a’zosidan biri – himoyachi Alan Rushel kasalxonadan to‘liq sog‘ayib chiqdi.
Globo Esporte nashrining ma’lum qilishicha, Rushel boshqa tibbiy yordamga muhtoj emas. Ammo, uning futbolga qaytishiga hali erta.
Jamoaning boshqa bir a’zosi Netoning axvoli hamon og‘irligicha qolmoqda.

Fikrlar