
Sharif Halilov ozarbayjonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi
Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudoning bugungi dasturi boshlandi.
Jumladan, hamyurtimiz Sharif Halilov 1/16 finalda ozarbayjonlik Kanan Abdullaxanliga qarshi kurash olib bordi. “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan bahsda hamyurtimiz ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Sharif Halilov chorak finalda Buyuk Britaniya vakili Kristofer Skelliga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikrlar