Sharkich: "Ko‘p vaziyat yaratayotganimiz hujum uyushtirishda to‘g‘ri o‘ynayotganimizni ko‘rsatadi"
Xabaringiz bor, ertaga "Paxtakor" OChL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan bahsda "Sepaxon"ga qarshi maydonga tushadi. Bugun o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Slavche Voyneski va hujumchi Oliver Sharkich ishtirok etdi.
"Biz yutishimiz shart bo‘lgan o‘yin. Kichik imkoniyat saqlanib qolgan. Undan foydalanishga urinishimiz kerak. Hech qanday bahonalar ketmaydi. O‘zimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonish va imkoniyatni saqlab qolishga harakat qilamiz.
Ko‘p vaziyat yaratayotganimiz hujum uyushtirishda to‘g‘ri o‘ynayotganimizni ko‘rsatadi, faqat ulardan foydalanishimiz lozim. Yaqqol imkoniyatlardan to‘p kirita olmadik. Ko‘proq diqqatni jamlagan holda o‘ynashimiz kerak. Bu borada ko‘rsatkichlarni yaxshilashimiz kerak", - dedi futbolchi.



Fikrlar