Sharmandali mavsum o‘tkazgan "Chelsi" kelasi mavsum sovrin yuta oladimi?

  • 22 may, 2023, 13:35
  • 0
  • Futbol

Sobiq hujumchi Kris Satton "Chelsi"ning o‘yinidan norozi, chunki poytaxt klubi kecha yana yutqazdi. “Aristokratlar” bu safar “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘lishdi. Sattonning fikricha, “Chelsi” bu mavsumda qayd etgan natijalaridan uyalishi kerak. Uning nazarida londonliklar kelasi mavsum ham sovrinlari o‘rinlar uchun jiddiy raqobat qila olishmaydi, hatto bosh murabbiylikka Maurisio Pochettino olib kelinsa ham.

Ma’lumot uchun, Kris Satton 1999-2000 yillarda "Chelsi"da to‘p surgan.

“Frenk Lempard haqida nima deyishim mumkin? To‘qqizta o‘yin, ettita mag‘lubiyat. Sharmandali mavsum. Lekin, hattoki Maurisio Pochettino kelsa ham, ularning keyingi mavsumda sovrinlar uchun davogarlik qila olishiga ishonmayman”, - dedi Satton BBC Sport ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” mavsum yakuniga 1 tur qolganida 43 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!