
Sharmandalik: "Sepaxon" OKMKga javobsiz 9 ta gol urdi
OChL 4-turidan o‘rin olgan "Sepaxon" - OKMK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar o‘ta yirik 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Husaynnajod va Alkasir dubl qilgan bo‘lsa, Ahmadzoda, Asadi, Gorbani, Rizoyan va Muganlular o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Sepaxon" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 2-o‘ringa chiqib oldi. OKMK esa hali ochko olgani yo‘q.
Fikrlar
Rosa kuyukkan ekanda okmk.
Yana ikkita urganda zur bular edi