Shashkachilarimiz Jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘ldi

Turkiyaning Antaliya va Alaniya shaharlarida sportning 100 va 64 katakli shashka turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

24 dan ortiq davlatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari ham munosib ishtirok etdi.

Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqa natijasiga ko‘ra yurtdoshlarimiz umumiy hisobda 4 ta oltin, 14 ta kumush, 14 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, Nigina Bozorova, Ramazon Xudoynazarov, Ozodbek O‘rmonalievlar "Xalqaro grossmeyster" unvoni talabini bajardi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!