
Shatskix "Paxtakor"ning Turkiyadagi yig‘iniga kimlarni jalb qildi?
O‘zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" 13-27 yanvar kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tadigan yig‘inga 28 nafar futbolchini jalb etdi. Maksim Shatskix boshchiligidagi jamoa bugun ertalab Toshkentdan Antaliyaga uchib ketdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha yig‘inga quyidagi futbolchilar chaqirilgan:
Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Otabek Boymurodov, Nikita Shevchenko.
Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev, Shahzod Azmiddinov, Abubakr Ashurov, Dilshod Saitov, Doston Tursunov, Muhammadqodir Hamraliev, Sunnat Poyonov, Kirill Todorov.
Yarim himoyachilar - Dragan Cheran, Diyor Xolmatov, Abbos Fayzullaev, Muhammadali O‘rinboev, Doston Hamdamov, Behruz Asqarov, Shahriyor Jabborov, Giorgi Papava, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jaev, Shahzod Rahmatullaev, Aziz Turg‘unboev.
Hujumchilar - Pshemislav Banashak, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Rustam Turdimurodov.
Eslatib o‘tamiz, "sherlar" ushbu yig‘in davomida uchta nazorat o‘yini o‘tkazadi:
16 yanvar Paxtakor - Dnepr-1 (Ukraina)
20 yanvar Paxtakor - Vaduts (Lixtenshteyn)
26 yanvar Paxtakor - Mladost GAT (Serbiya)
Fikrlar