Shavkat Rahmonov Hamzat Chimaev bilan qachon jang qilmoqchi?

  • 27 iyun, 2022, 10:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kuni kecha "UFC Vegas 57" turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur jang kechasining ikkinchi markaziy jangida asli O‘zbekistonda tavallud topgan, qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov (16-0) AQSh vakili Nil Magni(26-9) bilan to‘qnash keldi va xech qanday qiyinchiliksiz muddatidan avval muvaffaqiyat qozongan edi. Avvalroq, Shavkat Rahmonov haqida ushbu divizionning yulduzlaridan biri Xamzat Chimaev (11-0) fikr bildirgandi va bu anchagina shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Kechagi g‘alabadan so‘ng, Rahmonov Chimaevni jangga chorlashini ko‘pchilik kutgan edi. Biroq, qozog‘istonlik jangchi Stiven Tompson keyingi raqibi bo‘lishini istagan edi. 

"Nega Chimaevni chaqirmadim? Vaqti-soati keladi. Bitta yoki ikkita jangdan keyin biz to‘qnash kelamiz. Kamar uchun jang qilishimiz ham mumkin.

Tecno

Agar, Kamaru Usman ketsa, a’lo ish bo‘lardi, har ikkimiz uchun ham. Jangni esa asta-sekin rivojlantirish kerak. Intriga oshib boraveradi",-dedi Rahmonov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!