Shavkat Rahmonov: "Islom Maxachev bilan jangni rad qilmasdim!"

  • 4 aprel, 2023, 18:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Qozog‘istonlik UFC jangchici Shavkat Rahmonov Aktauda muxlislar bilan uchrashuvda engil vazn (70.3 kg) toifasida UFC chempioni Islom Maxachev (24-1) bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jang haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

“Agar Islom bizning vazn toifamizga o‘tsa, men chempion bo‘laman va u jang qilishni xohlasa, albatta, rad etmayman. Ammo hozir u boshqa vaznda. Shuning uchun buni vaqt ko‘rsatadi”, - deydi Rahmonov.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Rahmonov yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasida harakat qiladi. U so‘ngi jangini "UFC 285" turnirida Jeff Nillga qarshi o‘tkazib g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!