
Shaxmat. 14, 16, 18 yoshgacha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlandi (Yakuniy natijalar)
Joriy yilning 3–16 oktyabr kunlari Albaniya davlatining Durres shahrida shaxmat bo‘yicha 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) qoidalari asosida, 11 turdan iborat shvetsarcha tizimda o‘tkazildi. Unda 83 ta davlatdan 720 nafar shaxmatchi 6 ta guruhda bahs olib bordi.
Eng e’tiborga molik natijaga 14 yoshli shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda erishildi. Ushbu toifada ishtirok etgan iqtidorli shaxmatchimiz Olimova Ruqiya 9 ochko to‘plab, faxrli 2-o‘rinni egalladi va Jahon chempionatining kumush medali sohibasiga aylandi!
Yakuniy natijalar 18 yoshgacha:
Hamdamova Afruza – 8 ochko, 5-o‘rin
Karimova Guldona – 6,5 ochko, 15-o‘rin
Aktamova Zilola – 6 ochko, 34-o‘rin
Abdujabborova Vasila – 5 ochko, 49-o‘rin
Naziraliev Qilichbek – 5,5 ochko, 66-o‘rin
16 yoshgacha:
Imomquzieva Nilufarxon – 7 ochko, 12-o‘rin
Belaya Liliya – 6 ochko, 32-o‘rin
Omonov Asrorjon – 7 ochko, 15-o‘rin
Azizov Sa’dullo – 6,5 ochko, 33-o‘rin
Muxsinov MuhammadYusuf – 6,5 ochko, 42-o‘rin
Elmirzaev Xondamir – 6 ochko, 55-o‘rin
Abduhaqimov Akbarali – 5,5 ochko, 72-o‘rin
14 yoshgacha:
Olimova Ruqiya – 9 ochko, 2-o‘rin
Nurullaeva Dilnoza – 6,5 ochko, 27-o‘rin
Davlatova Sevinch – 5 ochko, 63-o‘rin
Islamov Shaxzod – 6,5 ochko, 38-o‘rin
Bahodirov Abdulqodir – 6 ochko, 51-o‘rin
Voxidov Saidxo‘ja – 4 ochko, 126-o‘rin
Fikrlar