"Shaxtyor" Ukraina kubogini qo‘lga kiritdi

  • 16.05.2019 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Ukraina kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi bellashuvda "Shaxtyor" va "Ingulets" jamoalari kurash olib borishdi.

Final uchrashuvida anchayin tajribali hisoblangan “konchilar” raqiblari darvozasini javobsiz 4 marta ishg‘ol etishdi. Gollarga Tete (dubl), Junior Moraes va Manor Solomonlar mualliflik qilishdi. Yakunda 4:0 hisobida g‘alaba qozongan “Shaxtyor” o‘z tarixida 13-marta Ukraina kubogini boshi uzra ko‘tardi.

"Shaxtyor" - "Ingulets" - 4:0 (3:0)

Gollar: Tete, 28 - 1:0, Tete, 39 - 2:0, Moraes, 45+2 - 3:0, Solomon, 64 - 4:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!