"Shaxtyor"ning 4 futbolchisi Evropa ligasining ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi

  • 12 avgust, 2020, 17:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFAning tvitterdagi rasmiy sahifasi Evropa ligasining chorak final bosqich ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Tecno

Ushbu terma jamoadan eng ko‘p “Shaxtyor” futbolchilari joy oldi. Quyida to‘liq tarkib bilan tanishib olishingiz mumkin:

Darvozabon: Karl-Yuxan Yunsson («Kopengagen»).

Himoyachilar: Dodo («Shaxtyor»), Aaron Uan-Bissaka, Garri Maguayr (ikkalasi - «Manchester Yunayted»), Diego Godin («Inter»).

Yarim himoyachilar: Tayson, Marlos (ikkalasi - «Shaxtyor»), Ever Banega («Sevilya»), Antoni Marsyal («Manchester Yunayted»).

Hujumchilar: Romelu Lukaku («Inter»), Junior Moraes («Shaxtyor»).

«Shaxtyor» musobaqaning yarim finalida «Inter»ga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi yarim finalda esa, «Manchester Yunayted» va «Sevilya» o‘zaro bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!