Shensni: "Barsa"da 2-raqamli darvozabon bo‘lish - men uchun iftixordir"

  • 19 sentabr, 15:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Voytsex Shensni "Barsa"dagi 2-raqamli darvozabon sifatidagi roli haqida gapirdi

Tecno

"Men zaxira darvozaboniman va agar kutilmagan holat sodir bo‘lmasa, shunday bo‘lib qolaman. Mening vazifam – Garsiyani o‘yinlarga imkon qadar yaxshi tayyorlash. U jismoniy jihatdan Evropaning eng kuchlilari safida turadigan ulkan salohiyatga ega darvozabon, deb hisoblayman.

Men bu rolni katta iftixor bilan bajaraman, chunki yangi shartnomaga rozi bo‘lgan paytimda shunga tayyor edim va bu vazifamdan hech qachon ranjimaganman. Joanning eng yuqori darajadagi tajribasi yo‘q, buni u to‘plashi kerak. Men esa unga yordam berishga harakat qilaman, shunda u mavsum davomida barqaror o‘yin ko‘rsata oladi.

Wojciech Szczesny goalkeeper of Barcelona and Poland during the warm-up before the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD1 match between...

Har uch kunda katta bosim ostida o‘ynash oson emas. Bu narsani u o‘rganishi lozim. Uning muvaffaqiyatiga o‘z hissamni qo‘sha olishimga umid qilaman", – dedi kataloniyaliklar posboni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!