Sher Mamazulunov finalda! U ikkinchi marta ketma-ket chempionlik kamarini qo‘lga kiritishi mumkin

CHERY AUTO

Rossiyaning Qozon shahridagi “Tatneft Arena”si 7 dekabr kuni TATNEFT kubogi uchun “TNA qoidalari bo‘yicha janglar”ning final bellashuvlariga mezbonlik qiladi.

Tecno

Mazkur turnirda uchta vazn toifasida (-70 kg, -80 kg va +80 kg) sportchilar chempionlik uchun kurash olib borishadi. Shu janglarning birida hamyurtimiz Sher Mamazulunov ishtirok etadi.

Sher Mamazulunov 3

Musobaqaning engil vazn toifasi (-70 kg) finalida turnir debyutanti rossiyalik Vladislav Ukrainets kikboksingning K-1 2017 ISKA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni daniyalik Assuyk Yussef bilan kuch sinashadi.

Ikkinchi final jangi +80 kg vazn toifasida o‘tkaziladi. Unda rossiyalik Igor Darmeshkin gollandiyalik Fabio Kastello Kvasiga qarshi ringga chiqadi. Aslida Igor hal qiluvchi ushbu jangda Kirill Kornilov bilan kuch sinashishi kerak edi, ammo bu sportchi musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgan.

-80 kg vazn toifasida o‘tadigan jang ham qiziqarli o‘tishi kutilmoqda. Aynan shu qarama-qarshilikda o‘tgan yilgi TNA chempioni o‘zbekistonlik Sher Mamazulunov serbiyalik Lyubo Yalovini sinovdan o‘tkazadi. Bu sportchi ushbu turnirda to‘rtinchi mavsumni o‘tkazmoqda va shu vaqtga qadar biror marta finalgacha etib kelmagan. U yarim final o‘tgan yilgi finalchi Vladimir Degtyaryovni mag‘lub qilgan.

Sher Mamazulunov 2

Sher Mamazulunov finalga qadar rossiyalik Aleksandr Dmitrenkoni (chorak finalda) va ispaniyalik Viktor Monfortni (yarim finalda) mag‘lub etgan.

-80 kg 

Sher Mamazulunov (O‘zbekiston)

LaqabiAlligator

ShahriToshkent 

Yoshi: 23 yosh

Bo‘yi: 182 sm

Vazni: 80 kg 

KlubiRus Gym

Uslub: kikboksing 

Titullari:

Kikboksingning lou-kik WAKO yo‘nalishi bo‘yicha Moskva chempioni, 2015

- Kikboksingning lou-kik WAKO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni, 2016

- Kikboksingning K-1 WPKA yo‘nalishi bo‘yicha Moskva chempioni, 2016

- Kikboksingning K-1 yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya chempioni, 2016

- Professional WAKO (Kikboksing) bo‘yicha O‘zbekiston chempioni

Jami janglari (F): 16

G‘alaba: 11

Nokaut (Ko): 3

Mag‘lubiyat: 5

Durang: 0

Lyubo Yalovi (Serbiya)

LaqabiTURBO

ShahriVrbas

KlubiKICKBOXING CLUB «VRBAS» 

Yoshi28 yosh

Bo‘yi: 186 sm

Vazni: 80 kg 

Uslubikikboksing 

Titullari:

Kikboksingning K-1 yo‘nalishi bo‘yicha Serbiya chempioni, 2010-2014 WAKO,

Kikboksingning K-1 Serbia Open yo‘nalishi bo‘yicha Evropa kubogi chempioni 2013, 2014 WAKO

Kikboksingning K-1 yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi chempioni 2013 WAKO

Kikboksingning K-1 yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni, 2015 WAKO

K-1 yo‘nalishi bo‘yicha (Kikboksing) jahon kubogi chempioni, 2016 va 2018 WAKO

Jami janglari: 34

G‘alaba: 28

Nokaut (Ko): 11

Mag‘lubiyat: 6

Durang: 0

Bundan tashqari ushbu “TNA qoidalari bo‘yicha janglar” turnirida yana 4 nufuzli to‘qnashuv tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ulardan ikkitasi -80 kg vaznda bo‘lsa, yana ikkitasi og‘ir vaznda (+80 kg) o‘tkaziladi. Bunda Rossiya, Turkiya, Gollandiya, Gretsiya va Ispaniyadan kelgan sportchilar o‘zaro kuch sinashadi.

Sher Mamazulunov 1

Ma’lumot uchun: “TATNEFT kubogi uchun TNA qoidalari bo‘yicha janglar” – aralash jang san’atlari: kiokushinkay, muay-tay va kikboksingdir. Turnir qat’iy tasdiqlangan qoidalar asosida o‘tkaziladi. 3 vazn toifasida (-70 kg, -80 kg va +80 kg) 48 sportchi ishtirok etadi. Kurash mavsumi 1/8 final, 1/4 final, yarim final va finaldan iborat. TNA bosh sovrini – chempionlik kamari, neft vishkasi ko‘rinishidagi kubok, pul mukofotiga ega bo‘lish uchun qatnashchilar barcha bosqichlarda zafar quchishlari kerak bo‘ladi. G‘alaba nokdaun yoki nokautdan so‘ng yoki to‘rtinchi qo‘shimcha raund yakunlari bo‘yicha aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!