“Sherif” bosh murabbiy “Real” yulduzidan qanday sovg‘a oldi?

  • 29 sentabr, 2021, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida “Santyago Burnabeu”da “Real” mag‘lub etilganidan so‘ng, mezbonlar yulduzi Luka Modrichdan sovg‘a olganini ma’lum qildi.

Tecno

- Modrich o‘z futbolkasini sovg‘a qildi. Men darvozabon Andrey Lunin bilan “Zarya”da birga ishlaganman. U bizdan “Real”ga o‘tgan edi. U borib Luka bilan gaplashib berdi va ana endi qo‘limda nabiram uchun futbolka bor, - dedi Yuriy Vernidub.

Madrid shahridagi uchrashuvda Jasur Yaxshiboev va Sebastyan Till urgan gollar Moldova klubiga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi. Mezbonlarning yagona javob to‘pini Karim Benzema penaltidan  kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!