
"Sherif" bosh murabbiyi: "Real"dan qo‘rqmaymiz!
Bugun EChL 2-turi doirasida "Real" hamda "Sherif" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Mazkur bahs oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Yuriy Vernidub matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Juda kuchli klubga qarshi o‘ynaymiz. Bu biz uchun katta sharaf. Albatta, munosib futbol namoyish etishni xohlaymiz. Yigitlar bunga tayyor! "Santyago Bernabeu"da "Real"ga qarshi maydonga tushish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tdik.
Eng muhimi, qo‘rqmasligimiz lozim. Ha, raqibni hurmat qilamiz. Biroq bu qo‘rqishdan farqli tushuncha. Har qanday jamoa g‘alaba haqida o‘ylaydi. Shu jumladan, biz ham. "Real"ning o‘yinlarini tahlil qilib, yaxshigina o‘rganib chiqdik. Ularda yuqori darajadagi futbolchilar etarlicha"-dedi ukrainalik mutaxassis.
Karlo Anchelotti: "Sherif" guruh peshqadami va biz ehtiyot bo‘lishimiz lozim
Fikrlar