
"Sherif"ga qarshi o‘yin oldidan "Real" muxlislari uchun ajoyib yangilik!
Xabaringiz bor, bugun Madriddagi "Santyago Benrabeu" stadionida turnir favoriti "Real" 2-turdan o‘rin olgan bahsni o‘tkazadi.
Moldovaning "Sherif" jamoasiga qarshi kechgan mazkur bahs oldidan madridliklar qaydnomasi e’lon qilindi. Undan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan. Ushbu uchrashuvda "qirollik klubi" etakchisi Toni Kross maydonga tushishi kutilmoqda. Germaniyalik yarim himoyachi jarohatidan forig‘ bo‘ldi.
Biroq Garet Beyl, Ferlan Mendi, Marselo, Dani Karvaxal kabi futbolchilar bellashuvni o‘tkazib yuboradi. "Real" hamda "Sherif" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 28-dan 29 sentyabrga o‘tar kechasi, soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar