Sherzod Nasrullaev: Namanganga 3 ochko tortib olish uchun borgan edik

  • 20 mart, 2021, 17:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 3-turida "Nasaf" safarda "Navbahor" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan so‘ng "ajdarlar" futbolchisi Sherzod Nasrullaev SPORTS.uz nashriga intervyu berdi.

Tecno

"Kechagi uyin oson kechmadi. Qo‘ldan kelgancha harakat qildik. Biz Namanganga 3 ochko tortib olish uchun borgan edik. Ammo durang ham yomon natija emas. Muhimi, mag‘lub bulmadik.

Hamma uyin qiyin kechmoqda, biz yosh jamoa bulishimizga qaramay, qo‘ldan kelgancha muxlislarimizga yaxshi uyin kursatishga harakat qilyapmiz. Bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga jamoamiz nomidan rahmat aytaman.

Jamoamizga yoshlar kelib qo‘shildi. Shu sababli, ba’zi vaziyatlarda tajribamiz etmay qolyapti. Hali uyinlarimiz ko‘p. Endigina 3-tur yakunlandi, hali hammasi oldinda", - deydi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!