Shirer: Ular APL grandlaridan million mil uzoqlikda
Alan Shirer hozirgi MYuni o‘zi ko‘rgan eng yomoni, deb atadi.
APLning 37-turida jamoa "Arsenal"ga mag‘lub bo‘ldi.
"Menimcha, bu men hayotimda ko‘rgan eng yomon "Manchester Yunayted". Ularning harakatlarini inkor eta olmaysiz. Ular shu aqdar uzoq vaqtdan buyon tanazzul holatida va yuqoriga ko‘tarilish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.
Jarohatdagi futbolchilarning barchasi tuzalgan holatda ham ular "Siti", "Arsenal" yoki "Liverpul" darajasiga etishi uchun ancha bor. Ular million mil uzoqlikda, hatto o‘yinchilar borasida ham", - dedi Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi.

Fikrlar