
Shirin Sharipov bronza uchun kurashadi, Shuhrat Boboev o‘tish bahsida mag‘lub bo‘ldi
Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida +100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shirin Sharipov yarim finalda gruziyalik Revaz Chikoidzega qarshi tatamiga chiqdi.
Afsuski, “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda Sharipov hakamlar tomonidan 3 marta ogohlantirildi va shuning evaziga mag‘lub bo‘ldi.
Endi Shirin Sharipov bronza medali uchun ozarbayjonlik Ilhom Zakievga qarshi tatamiga chiqadi.
Erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida yurtmiz sharafini himoya qilayotgan Shuhrat Boboev bronza medali uchun o‘tish bahsida qozog‘istonlik Janbota Amanjolga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar