
Shmeyxelni ortda qoldirgan De Xea MYuning eng yaxshi darvozaboniga aylandi
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea APL doirasida "Lester"ga qarshi o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Bu ispaniyalik darvozabon uchun Angliya chempionati bahslaridagi 113-quruq o‘yini bo‘ldi va Peter Shmeyxelning 112 tali rekordini ortda qoldirdi. De Xea ushbu natijani 313 ta o‘yinda qayd etgan bo‘lsa, daniyalik golkiper uchun 252 ta bahs etarli bo‘lgan.
Ushbu ro‘yxatning uchinchi pog‘onasini 186 ta uchrashuvda 90 ta quruq o‘yin bilan Edvin van der Sar egallab turibdi. Kuchli beshlikdan esa Faben Bartez (92 ta o‘yinda 30) va Roy Kerrol (49 ta o‘yinda 24) o‘rin olgan.
Fikrlar