Shneyderlen: Barkli kelajakda Angliyaning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishi mumkin

"Everton" klubi yarim himoyachisi Morgan Shneyderlen jamoadoshi Ross Barklining sha’niga iliq gaplarni aytdi. Frantsiyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra Barkli kelajakda Angliya terma jamoasining eng zo‘r futbolchisi bo‘lishi mumkin.
"Ross juda, juda yaxshi futbolchi. U kelajakda Angliya terma jamoasining eng zo‘r futbolchisi bo‘lishi uchun barcha hislatlarga ega. U futbolni tushunadi va u bilan yashaydi. Barkli ajoyib texnikaga ega. U bilan bir jamoada o‘ynayotganimdan hursandman.
To‘g‘ri, men murabbiy emasman. Ammo, Ross Angliya terma jamoasiga chaqirilishiga loyiq o‘yin namoyish etmoqda. U ayni damda eng yaxshi ingliz futbolchilaridan biri", -
deydi Shneyderlen Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!