Shoakrom Isroilov “Qizilqum” - “Lokomotiv” uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib boradi

  • 1 mart, 2018, 17:11
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Superliganing yangi mavsumi boshlanadi. 1-turning ikkita o‘yini “Qizilqum” – “Lokomotiv” va “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvlari bugun bo‘lib o‘tadi.

Tecno

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliganing ochilish uchrashuvlaridan biri bo‘lgan “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvini Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionidan bevosita kuzatib borishi haqida xabar berib o‘tgandik.

Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadigan “Qizilqum” – “Lokomotiv” o‘yinini Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov bevosita stadiondan kuzatib boradi.

Bundan tashqari, Shoakrom Isroilov Navoiyga tashrifi davomida viloyatda sport rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishib, sport maktablari holatini ko‘zdan kechiradi.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Lokomotiv” uchrashuvi soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!