Erik ten Xag “Ayaks”dagi shogirdlarini Manchesterga olib kelayotgani “tanish-bilishchilik” emasligini ta’kidladi

  • 23 avgust, 2024, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning oxirgi ikki yil ichida jamoaga olgan yangi futbolchilarining aksariyati hozirgi bosh murabbiy Erik ten Xag qo‘l ostida “Ayaks”da o‘ynagan.

54 yoshli niderlandiyalik murabbiy Amsterdam jamoasini 2017-2022 yillar davomida muvaffaqiyatli  boshqargan.

Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ga sobiq shogirdlarining olib kelinishida o‘zining hissasi yo‘qligini ta’kidladi.

- Eng avvalo, bularning bari klub qarori. Ularning birortasi menga tegishli emas. Har qanday qaror skautlar, sport va texnik direktori tomonidan tahlil qilib chiqiladi. Qarorni bir kishi qabul qilmaydi.

Lekin bir necha futbolchilarni shaxsan taniyman. Bundan tashqari, transferlar klubning moliyaviy imkoniyatiga ham mos tushishi kerak, - dedi Erik ten Xag.

Keyingi yillarda “Manchester Yunayted” xarid qilgan o‘yinchilardan himoyachilar Matteys de Ligt, Nussayr Mazraui, Lisandro Martines, darvozabon Onana, hujumkor futbolchi Antoni o‘z vaqtida “Ayaks” sharafini himoya qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!