Shohasan Mirzamatov ham Andijonda jang qiladi. Raqib qozog‘istonlik...

  • 6 yanvar, 2021, 14:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MMA bo‘yicha professionallar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida 83.9 kg vaznda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Shohasan Mirzamatov ham 10 yanvar kuni Andijonda bo‘lib o‘tadigan jang kechasida oktagonga ko‘tariladi.

Tecno

Ma’lumki, u 6 yillik tanaffusdan so‘ng, yana katta sportga qaytgandi. Jahongir Qoraboev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borayotgan Mirzamatov O‘zbekiston chempionatidan tashqari, Qozog‘istonning NFC promoushenida ham jang o‘tkazib, mezbonlar vakili Serik Telekeevga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Albatta, ushbu mag‘lubiyatga oradagi katta tanaffus sabab bo‘lgandi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Hozirda u yaxshi jismoniy holatini tiklay olgan va u 10 yanvar kuni yana bir qozog‘istonlik Jalgas Armanov bilan to‘qnash keladi. O‘ylaymizki, u o‘zining chiroyli harakatlari bilan barchani xursand qilgan holda, g‘alabaga erishadi. Bu borada unga omad yor bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Shoxasan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!