Shohasan Mirzamatovning navbatdagi jang sanasi ma’lum
Taniqli MMA jangchimiz Shohasan Mirzamatov Qozog‘istonning "Oktagon" promoushenida o‘z janglarini o‘tkazayotgan edi.
U "Oktagon 20" turnirida 16 iyun kuni mezbonlar vakili Alibek Seyidazimga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval raqibini texnik nokautga uchratgandi. Oradan roppa-rosa bir oy vaqt o‘tib, 16 iyul kuni Almati shahrida tashkil qilinadigan "Oktagon 21" turnirida yana jang qiladigan bo‘ldi.
Hozircha raqib aniq emas, katta ehtimol bilan yana mezbonlar vakiliga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz 2-1 ko‘rsatkichga ega. Tez orada raqib haqida ham ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar